• Qulay qidiruv

    O'zingizga eng yaqin va qulay dorixonalar

  • Tezkor muloqot

    Muloqotning tez, samarali va qulay usullari

  • To'g'ri tanlov

    Tez va to'g'ri qaror va mustahkam sog'lik

QO'LLANMA

"PHARM PHONE" kompaniyasi insonlar hayot sifatini yaxshilash va sog'liqni saqlash sohasida
innovatsion yangiliklar ishlab chiqadi.

Agar siz dorixona, shifoxona, farmatsevtik korxona yoki tibbiyot muassasasi
rahbari bo'lsangiz "Dorixonani faollashtirish" qo'llanmasidan foydalaning.

Qulay qidiruv

"PHARM PHONE" ilovasi siz joylashgan manzilga eng yaqin bo'lgan dorixona va shifoxonalarni tez va qulay topishga yordam beradi.

Buning uchun siz ilovaning "Dorixona", "Shifoxona" va "Farmatsevtik korxonalar" bo'limlaridan foydalanishingiz mumkin. Agar siz biror o'zingizga za'rur bo'lgan dorini tezda shahar dorixonalaridan topmoqchi bo'lsangiz "Dorixona" menyusini tanlang. Bu holda sizga ilova o'zingiz joylashgan manzilni xaritada namoyon qiladi. Agar siz yaqin atrofingizdan qidirmoqchi bo'lsangiz xarita ustida "ixtiyoriy shaklni" chizing va o'zingizga yaqin bo'lgan dorixonalar ro'yhatiga ega bo'lasiz.
Bundan tashqari siz dorixona manzili va nomini bilgan holda dorixonalarni qidirishingiz ham mumkin.

Xuddi shu qulayliklardan foydalangan holda siz yaqin insonlaringizga yoki o'zingiz uchun respublikadagi ixtiyoriy shifoxona va farmatsevtik korxonalarni tezda qidirib topishingiz va ular haqida ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

Tezkor muloqot

Dorixonalar bilan tezda muloqotga kirishish uchun ilovada siz uchun eng qulay bo'lgan online chat xizmati ishga tushirilgan. Bu online chat orqali siz bir xabarni o'nlab dorixonalarga bir vaqtning o'zida parallel yuborishga va qisqa muddat ichida o'zingizga kerakli javobni olish imkoniga ega bo'lasiz. Xabar yuborishda oddiy matn yoki kerakli dorilar tasvirlari tushirilgan grafiklardan foydalanishingiz mumkin.

Bundan tashqari siz dorixonalarga to'g'ridan to'g'ri telefon qo'ng'iroqlarini amalga oshirish funksiyasidan foydalangan holda ham bog'lanishingiz mumkin.

To'g'ri tanlov

Albatta inson sog'lig'i bebaho va siz bu sog'lik tashvishlari bilan band bo'lganingizda moliyaviy tomonlarga unchalik ham e'tibor bermasligingiz mumkin. Lekin bu borada "PHARM PHONE" ilovasi sizga hamrohdir.

Sizga ma'qul bo'lgan dorixona yoki shifoxonalarni o'z "sevimli" ro'yhatingizga kiriting va istalgan vaqtda ular bilan muloqotda bo'ling yoki yaqin insonlaringizga taklif qiling.

MOBIL ILOVA
Android va iPhonelar uchun mobil ilovalar
Android va iPhone uchun mobil ilovalar
HAMKORLAR
IJTIMOIY TARMOQLAR
© 2017 - PHARM PHONE Barcha huquqlar himoyalangan